Mutaxassis ovqatlanayotganda shirin choy yoki gazlangan suv iste'mol qilmaslikni maslahat berdi. Buning o'rniga limonli suv ichish kerak. U ishga maxsus idishlarda ovqat olib borish ma'qul ekanini aytib o'tdi. Chunki kafe, restoran va oshxonalardagi ovqat tarkibidagi tuz, yog' va uglevodlarning ko'pligi tufayli ortiqcha vaznga va organizmda xolesterin miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin.
Ratsionni shunday tuzish kerakki, idishida bir vaqtning o'zida oqsillar, yog'lar va uglevodlar mavjud bo'lishi kerak. Oziq-ovqat imkon qadar xilma-xil bo'lishi lozim. Bitta salatning o'zi yetarli bo'lmaydi.
Bundan tashqari, diyetologlar kechki ovqatdan keyin ko'proq yoz mevalarini, xususan, qulupnay va gilos iste'mol qilishni tavsiya qilishadi, bu esa ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beradi. Muntazam ravishda nonushta qilmaslik ayol jinsiy gormonlari ishlab chiqarilishiga salbiy ta'sir qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.