Keta-parhezlarning boshqa parhezlardan farqi shundaki, unda iste'mol qilinadigan mahsulotlar kaloriyasining asosiy qismini uglevodlar emas, yog' va oqsillar tashkil etadi.
Oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, keto-parhezi saraton kasalligiga chalingan bemorlarga o'smalar o'sishi uchun zarur bo'lgan glyukozadan mahrum etishi mumkin. Biroq oshqozonosti bezi va yo'g'on ichak saratoni bilan kasallangan sichqonlarda o'tkazilgan tajribalarda keto-parhezi vazn yo'qotish va immunitetni susaytiruvchi xavfli kasallik bo'lgan kaxeksiya rivojlanishini tezlashtirdi.
Tadqiqotchilar saratonga qarshi kurashishda keto-parhezining foydasi bor-yo'qligini aniqlashga qaror qilishdi. Sog'lom sichqonlar ham keto-parhezda vazn yo'qotishi ma'lum, ammo ularning metabolizmi asta-sekin moslashadi. Tajribada ishtirok etgan shishlari bor subyektlar moslasha olmaydi, chunki ular keto-parhezining ta'sirini tartibga solishga yordam beradigan kortikosteron gormonini yetarli darajada ishlab chiqara olmaydi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, keto-parhezini kortikosteroidlar deb ataladigan dorilar bilan birlashtirish saraton kasalligiga chalingan sichqonlarda kaxeksiyaning oldini oldi. Tajribada qatnashganlarda o'smalar kamaydi va ular uzoqroq umr ko'rdi, deb xabar beradi lenta.ru.