“Eng zararli mahsulotlar esa bu fast-fudlar hisoblanadi. Ular foydali elementlarni oʻz ichiga olmaydi, ortiqcha miqdorda kaloriya, uglevodlar, yogʻlar yoki trans yogʻlar va tuz mavjud. Fast-fud bu parametrlarga juda mos keladi “, deya taʼkidlaydi ekspert.
Nafaqat keksa yoshdagi, balki har qanday yoshdagi insonlar ham tez-tez ovqatlanganida jigar va oshqozonga ortiqcha yuk beradi. Koʻp miqdordagi natriy tufayli yurakka ham yuk boʻladi. Ayniqsa, qariyalar zararli ovqatlarni tez-tez isteʼmol qilar ekanlar, organizm uchun jiddiy muammo yuzaga keladi.
“Trans yogʻlar past zichlikdagi lipoproteinlarning, yaʼni yomon xolesterinning koʻpayishiga olib keladi. Ular barcha hujayra tarkibiy qismlariga ham salbiy taʼsir qiladi, chunki ular hujayra devorlariga zarar etkazadigan juda faol molekulalardir”, deb tushuntiradi diyetolog.
Bundan tashqari har qanday organizm uchun kundalik ratsionga 400-600 gramm xom sabzavot va mevalarni kiritish va oson hazm boʻladigan uglevodlarni cheklash ham foydalidir.