“Raqamli avlod qizlari-2021” Forumini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi.
— IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning soni kam edi, soʻngi yillarda esa bu sohaga qiziquvchi qizlar soni ortib borayotgani quvonarli, albatta, — dedi Hilola Umarova. — Shu oʻrinda ham iqtisodchi, ham dasturchi sifatida dasturlashning qizlar uchun ham ahamiyatli soha deb ayta olaman. Ushbu Forum aynan shu maqsadni koʻzda tutadi. Forum yakunida yuqori natijalarga erishgan qizlarni ish bilan taminlashda ham koʻmaklashamiz.
Forumning ochilish marosimi noodatiy tashkil etildi. Oʻziga xos atmosfera, erkin muloqot muhitidan iborat jarayonlar ishtirokchilarni quvontirgani bejiz emas. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari Hilola Umarovaning ishtirokchilar bilan samimiy suhbati esa qizlarga yana-da ruh bagʻishladi.