Qoʻmita axborot xizmati bayonotiga koʻra, oʻtgan yillar davomida olib borilgan monitoring natijalari, fuqarolardagi bu ishtiyoqdan turli ekstremistik, terroristik tashkilotlar hamda aqidaparast shaxslar doim gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanib, aholi orasida oʻzlariga tegishli boʻlgan kontentlarni keng tarqatishga harakat qilishini koʻrsatmoqda.
Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, har qanday diniy mazmundagi materiallar dinshunoslik ekspertizasi oʻtkazilishi va ekspertizaning ijobiy xulosasi asosida ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi, olib kirilishi va tarqatilishi mumkinligi qayd etilgan.
“Mazkur holatlarni inobatga olgan holda Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarimizdan dinshunoslik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinmagan hamda shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni soʻraydi”, deyiladi bayonotda.