Bolalarning 4 nafari andijonlik, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan kelgan.
Taʼkidlash lozimki, 2016-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan bolaning ota-onasi farzandining oʻqishini G.E. orqali 2023-yilning noyabr oyida Asaka tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan birining 2-sinfiga koʻchirishgan.
Maktab direktori esa bolani ota-onasining arizasisiz, tegishli buyruq chiqarmasdan oʻqishga qabul qilgan. Shuningdek, uni “hujra” sharoitida diniy taʼlim olayotganidan xabardor boʻlsa-da, zarur choralarni koʻrmagan.
Qashqadaryolik bola fuqaro G.E.ning uyida yashagan va diniy saboq olgan. Ammo mazkur ayol tomonidan muttasil kaltaklanishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli, u shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan G.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a« va «v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Shuningdek, maktab direktoriga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, egallab turgan lavozimidan boʻshatildi.
***
Andijon tumanida ham shu kabi holat aniqlandi. Fuqaro A.U. (erkak) oʻz uyida “hujra” tashkil qilib, 2010 va 2013-yillarda tugʻilgan 4 nafar oʻgʻil bolaga diniy saboq berib kelgan.
Bolalardan biri Toshkent shahrida yashasa-da, ota-onasining xohishi bilan diniy saboq olishi uchun uning oʻqishi Andijon tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan biriga koʻchirilgan.
Afsuski, bola maktab darslariga qatnashmagan boʻlsa-da, mazkur maktab direktori uni majburiy taʼlimga jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrmagan.
Maktab direktoriga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, egallab turgan lavozimidan boʻshatildi.