“Islohotlarga 5 yil boʻldi. Birorta muallim, birorta shifokor turib aytsin, “25 yilda menga nima manfaat keltirdi?”, deb aytsin, men ulardan kechirim soʻrayman agar bu notoʻgʻri boʻlsa”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

U Andijonda professorlar bilan uchrashganini eslab oʻtdi.

“Xirurgiya kafedrasi mudiri menga aytyapti, «janob prezident, 3 yil oldin 1 mln 200 ming soʻm oylik olardim, hozir men 20 mln olyapman”, deb. “Men oʻzimni olim, deb sezyapman, olim” dedi u... Endi bolalarimizni sifatli qilib... Diplom kerak emas hozir, diplom mutlaqo kerak emas. Kasb kerak! Bilim kerak! Surxondaryoga kerak boʻlgan yoʻnalishlar kerak!», — deya qoʻshimcha qildi Shavkat Miziyoyev.