Hindiston hukumati O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi "Marion Biotech" kompaniyasi lisenziyasini bekor qildi.
Ma’lum qilinishicha, Hindistonning Uttar Pradesh shtati narkologiya va lisenziyalash departamenti Marion Biotech kompaniyasining lisenziyasini bekor qilgan. "Marion Biotech" kompaniyasining yo‘talga qarshi siropi "Dok-1" O‘zbekistonda 18 bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi. O‘tgan yili dekabr oyida sodir bo‘lgan voqea sabab Hindistonda tergov boshlangan edi.
"Ularning lisenziyasi yanvarda vaqtincha to‘xtatilgandi. Endi butunlay bekor qilindi. Ular sirop ishlab chiqara olmaydi", — deyilgan hukumat bayonotida.