Fargʻonada fuqaro T.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-dekabr kuni nomaʼlum shaxs Orom koʻchasida joylashgan savdo doʻkonida uning ishonchiga kirib, umumiy narxi 1.700.000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgani va unga 100 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki suviner pulni berib, uning savdo ishlari bilan chalgʻiganidan foydalanib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.