Andijonda qoʻlbola aroq tayyorlash sexini tashkil etgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qoʻrgʻontepa tumanidagi savdo doʻkoni omborxonasida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash sexi fosh etildi.

    Qayd etilishicha, Departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.A. “D.O.” MCHJni norasmiy boshqarib kelib, MCHJ savdo doʻkoni omborxonasida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash sexini tashkil etganligi fosh etilib, ushbu savdo doʻkoni va omborxonadan 100 dona yelim idishga quyilgan jami 1 000 litr qoʻlbola aroq va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.