Dollarfurushlar qoʻlga olindi

    Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.N. (muqaddam sudlangan) jami 3 400 AQSH dollarini fuqaro M.E.ga 38,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.N. (muqaddam sudlangan) jami 3 400 AQSH dollarini fuqaro M.E.ga 38,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.E. (muqaddam sudlangan) jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro U.Sh.ga 34 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.