Dollarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Jami 4 000 AQSH dollarini 45,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Q.” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Q.X. fuqaro Z.A.ga jami 4 000 AQSH dollarini 45,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.