BBC maʼlumotlariga koʻra, Ina Kanabarro Lukas shu yilning yanvar oyida 116 yoshida vafot etgan yaponiyalik Tomiko Itookadan soʻng sayyoramizdagi eng keksa inson maqomini olgan edi.

Amerikaning gerontologik tadqiqotlar guruhi va “LongeviQuest” maʼlumotlar bazasi (dunyodagi eng keksa odamlar reytingi) xabariga koʻra, Ina Kanabarro Lukasning vafotidan keyin Angliyaning Surrey grafligida istiqomat qiluvchi Etel Keyterem dunyoning eng keksa insoniga aylandi. U oʻtgan yilning avgust oyida 115 yoshga toʻlgan.

“Marhuma 2021-yil yanvar oyida 112 yoshida koronavirusga qarshi vaksina olgan edi. Biroq, 2022-yil oktyabr oyida u shifoxonada boʻlgan paytida «COVID-19” yuqtirdi. Bir oylik davolanishdan soʻng Ina Kanabarro Lukas sogʻayib ketdi. Shu tariqa, u ushbu kasallikni yengan sayyoramizdagi eng keksa odamlardan biri boʻldi«, – deb yozgan BBC.