2020 yilning uchinchi choragida dunyodagi eng ko'p sotilgan smartfon  iPhone 11 bo'ldi. Ma'lumotlar Canalys tahlilchilari tomonidan tayyorlangan.
Apple mashhur smartfonlar reytingida birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'ldi — iPhone 11 (16 million dona) i iPhone SE 2020 (10 million dona) sotilgan. Uchinchi o'rin 10 million donadan ozroq sotilgan Samsung Galaxy A21s ga nasib etdi. Qolgan etti o'rinni Samsung va Xiaomi kompaniyalari gadjetlari baham ko'rishdi.

Ammo uchinchi chorakda 80 milliondan ortiq smartfon etkazib berishga qodir bo'lgan Samsung umumiy savdo hajmi bo'yicha dunyoda birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rinni 51,7 million dona smartfon bilan  Huawei egallagan bo'lsa, Xiaomi Appleni ortda qoldirib, uchinchi o'rinni egalladi.
Dunyo bo'ylab 2020 yil uchinchi choragida 348 million dona smartfon sotildi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 1 foizga kam.