Mazkur xalqaro konferentsiya Rossiya xalqlar do'stligi universiteti jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi, Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti bosma va elektron OAV kafedrasi hamda O'zJOKU media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamkorligida tashkil qilindi.

Undan ko'zlangan asosiy maqsad, uch oliy ta'lim muassasasining olimlari, doktorantlari, talabalar va amaliyotchi jurnalistlari uchun dialog muhitini yaratish va zamonaviy mass-medianing rivojlanishiga hissa qo'shishdir. Konferentsiyada har uch mamlakat jurnalistika ilmining ko'zga ko'ringan vakillari, professor-olimlari, doktorant va tadqiqotchilari qatnashdilar.

Ma'ruzachilar mediasistemaning yangi arxitekturasi, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistikaning roli, jurnalistika amaliyotida sun'iy intellektdan foydalanish kabi mavzularda qiziqarli va ilmiy asoslangan ma'lumotlarini taqdim etdilar.