"Dutch Open-2023"da taekvondochilarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi 

    Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo WT boʼyicha Dutch Open xalqaro musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib bordi.

    Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʼra, ularning 5 nafari sovrindor boʼldi.

    Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich barcha raqiblarni magʼlub etib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Ulugʼbek Rashitov hamda Svetlana Osipova esa bronza medalga ega chiqdi.

    "Dutch Open-2023" sovrindorlari:

    Oltin – Shuhrat Salaev;

    Oltin – Jasur Jaysunov;

    Oltin – Nikita Rafalovich;

    Bronza – Ulugʼbek Rashitov;

    Bronza – Svetlana Osipova.