Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʼra, ularning 5 nafari sovrindor boʼldi.

Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich barcha raqiblarni magʼlub etib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Ulugʼbek Rashitov hamda Svetlana Osipova esa bronza medalga ega chiqdi. 

"Dutch Open-2023" sovrindorlari:

Oltin – Shuhrat Salaev;

Oltin – Jasur Jaysunov;

Oltin – Nikita Rafalovich;

Bronza – Ulugʼbek Rashitov;

Bronza – Svetlana Osipova.