DXMda yoʻqolgan ashyolarni topshirish, saqlash va qidirish boʻyicha xizmat yoʻlga qoʻyildi

    Raqamlashtirish 22 Aprel 2022 2472

    Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

    Avvalroq, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilingan edi.

    Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.