Dzyudo: Oʻzbekiston aralash jamoaviy dasturdagi ishtirokini yakunladi

    Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

    Yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha aralash jamoaviy bahslarida bronza medali uchun oʻtish bahsida Oʻzbekiston Janubi Koreyaga 2:4 hisobida magʻlub boʻlib, medallar uchun kurashdan chiqdi.

    Gulnoza Matniyazova -70 kg vazn toifasida Kim Jisuni ippon bilan magʻlub edi. Tatamiga chiqqan Diyora Keldiyorova -57 kg vazn toifasida Xa Mi-mini ippon bilan yutdi.

    Davlat Bobonov -90 kg, vazn toifasida Li Yon Xvanga yutqazdi. +70 kg, vazn toifasida tatamiga chiqqan Irisxon Qurbonboyeva Kim Xa-Yunga imkoniyatni boy berdi. Alisher Yusupov ham +90 kg vazn toifasida Kim Mindjon toʻqnash kelib, yutqazib qoʻydi. -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Murodjon Yoʻldoshev 10 minutga yaqin kechgan bahsda yutqazib qoʻydi. Shu tariqa, Oʻzbekiston medalsiz qoldi.