Bu haqda Addis Standard gazetasi mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berdi.

“Gamo mintaqasida vayronkor ko‘chki va suv toshqini qurbonlari soni 107 nafarga yetdi”, deb ta’kidladi gazeta. “Qidiruv guruhlari jasadlarni topishda davom etmoqda”.

Suv toshqini va ko‘chkiga olib kelgan kuchli yomg‘ir 9 mart kechasidan 11 mart tongigacha Efiopiya janubini qamrab oldi. Mahalliy rasmiylarning ta’kidlashicha, kuchli yomg‘ir infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan. Mintaqadagi ko‘plab yo‘llar yuvilib, to‘sib qo‘yilgan, bu jamoat transportiga xalaqit bergan va yordam ko‘rsatish ishlarini sezilarli darajada murakkablashtirgan, deb xabar berdi tass.ru.

Bir necha kun oldin qo‘shni Keniyada ham kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini kamida 50 kishining hayotdan olib ketgan edi. Bundan tashqari, kamida 2600 oila uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.