Ekin ekmoqchimisiz? Xorij banki kredit ajratadi

    Ijtimoiy hayot 17 Iyun 2020 1290

    Quyi Chirchiq tumanidagi "Yoshlar biznes inkubatori" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kredit olish istagini bildirgan 30 nafar yoshlar uchun dala seminari uyushtirildi.

    Tadbirda faol ishtirok etgan 15 nafar yigit-qizga Germaniyaning Jamg‘arma kassalari fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi va bir qator tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan "Qishloq xo‘jaligida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash" loyihasi doirasidagi "Aylanma kredit fondi"dan kredit olish huquqini beruvchi tavsiyanomalar taqdim etildi.

    Bundan tashqari, g'alla maydonlaridan bo‘shaydigan yerlardan "Har bir yoshga – bir gektar" loyihasi doirasida 60 nafar yoshga ham bir gektardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratiladigan bo‘ldi.

    Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda barcha tumanlardagi g‘alladan bo‘shagan ekin maydonlari ikkinchi hosil olish uchun birinchi navbatda kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga hech qanday majburiyatsiz berilyapti.