Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, murojaatlar boʻyicha undirilgan jarima summasidan 15 foizi miqdori ekofaol fuqarolarni ragʻbatlantirish qoʻllaniladi.
“Maxsus komissiya ishlarni davom ettiradi va aholini tezkor xabardor qiladi. Endi navbat sizga! Kameralaringiz himoyamiz quroliga aylansin! Huquqbuzarlikni aniqlang va mukofotingizni oling. Toza havo uchun kurashda birgamiz”, — deydi Aziz Abduhakimov.