Tadqiqot ba'zi oziq-ovqatlar sog'liq uchun ham, atrof-muhit uchun ham foydali (donalar, mevalar, kraxmali bo'lmagan sabzavotlar, yong'oqlar va to'yinmagan yog'lar), boshqalari esa zararli (tuxum, qizil va qayta ishlangan go'sht) bo'lishi mumkinligi aniqlangan oldingi tadqiqotlarga asoslanadi. Xususan, o'simlik mahsulotlari iste'molida surunkali kasalliklar (yurak kasalliklari, yo'g'on ichak saratoni, qandli diabet va insult) xavfi kam, suv va erdan foydalanishda, atrof-muhitni ifloslantirish hamda issiqxona gazlari chiqarish bilan bog'liq xavf yuzaga kelmaydi.

Tadqiqot natijalar eng ekologik toza oziq-ovqatlarni iste'mol qilgan odamlar eng past sifatli ovqat iste'mol qilganlarga qaraganda o'rtacha 25 foizga ko'proq umr ko'rishini ko'rsatdi. Bundan tashqari, ularda qisqa umr ko'rish xavfi saraton yoki yurak-qon tomir kasalliklari tufayli 15 foizga, neyrodegenerativ kasalliklar tufayli 20 foizga va nafas olish tizimi kasalliklari tufayli 50 foizga kam bo'lgan, deb xabar beradi mir24.tv.