Vilyamarning kamerasi Guayakildagi qamoqxonaning bir qismida joylashgan boʻlib, qattiq qoʻriqlanishi kerak boʻlgan.

Ekvador prezidenti Daniel Noboa shu holat sababli mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat eʼlon qildi. Favqulodda holat davrida jamoat yigʻilishlari vaqtincha taqiqlandi, unda komendantlik soati amal qiladi.

“Narkoterror guruhlari bizni qoʻrqitmoqchi va biz ularning talabiga boʻysunamiz deb oʻylashmoqdda. Ammo biz terrorchilar bilan muzokaralar olib bormaymiz va mamlakatda tinchlik oʻrnatmagunimizcha tinchlanmaymiz”, — dedi prezident Noboa

35 yoshli Daniel Noboa oʻtgan yilning oktyabrida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan. Saylov kampaniyasi vaqtida nomzodlardan biri, sobiq jurnalist va mafiyaga qarshi kurashchi Fernando Vilyavisensio oʻldirilgan. Vilyavesensioga tahdid qilgan Los Choneros va Fitoning shaxsan bu qotillikka aloqadorligi gumon qilinmoqda.