Musobaqaning ortda qolgan kuni bir qator ahamiyatli natijalar bilan yodda qoldi. Kunduzgi dasturda Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida 23.47 soniya natija qayd etib, yangi mamlakat rekordini oʻrnatish barobarida joriy yil Yaponiyada oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi. Yosh suzuvchimiz kechki dasturda ham muvaffaqiyatli chiqishini davom ettirdi. Finalda u 23.41 soniya bilan oʻz rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor boʻldi.
Bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
50 m brass (erkaklar)
1. Iskandar Saʼdullayev (ROSMM, Respublika Oliy sport mahorati maktabi) – 29.44
2. Behruz Axtamov (ROPSTTM, Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) – 29.86
3. Abrorbek Abdullayev (Xorazm vil.) – 30.42
50 m brass (ayollar)
1. Sitora Odilova (Navoiy vil.) – 34.94
2. Mahdiya Muxtorova (Andijon vil.) – 35.36
50 m batterflyay (erkaklar)
1. Eldorbek Usmonov (Andijon vil.) – 23.41 (Oʻzbekiston rekordi)
2. Abdulaziz Abdumajidov (Andijon vil.) – 25.44
3. Natan Muhitdinov (ROSMM) – 25.50
200 m erkin usul (erkaklar)
1. Yegor Petryakov (ROSMM) – 1:55.76
2. Bekmurod Kenjayev (Toshkent sh.) – 1:56.48
3. Ozodbek Hamrayev (ROPSTTM) – 1:57.59
200 m erkin usul (ayollar)
1. Anastasiya Zelinskaya (ROSMM) – 2:13.28
2. Osiyoxon Rajapova (Andijon vil.) – 2:15.67
200 m chalqancha (erkaklar)
1. Merdan Atayev (Turkmaniston) – 2:12.65
2. Kirill Abdullayev (ROSMM) – 2:14.74
200 m chalqancha (ayollar)
1. Ulyana Nazmutdinova (ROSMM) – 2:29.48
Estafeta 4x100 m (erkaklar)
1. ROSMM – 4:02.66
2. Turkmaniston – 4:07.19
3. ROPSTTM - 4:07.37
Estafeta 4x100 m (ayollar)
1. Navoiy vil. – 4:52.11
2. ROPSTTM – 5:07.35
3. Turkmaniston – 5:09.09