Para stol tennisi yurtimizda tez ommalashib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi va shu boisdan ham bu safargi mamlakat birinchiligida har galgidan koʻproq sportchilar ishtirok etdi. Ular orasida Xorazm viloyati va Toshkent viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoalari sportchilari yuqori natijalar qayd etdi.
Erkaklar oʻrtasida Rasul Atamuradov, Izzatillo Hamroyev hamda Sunnatilla Murodullayev, ayollar oʻrtasida esa Nilufar Nurmetova, Mushtariy Bahodirova va Gulruh Olimova oʻz klasslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarga medal, diplom hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.