Xususan, Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” MCHJ rahbari Z.Z. korxonaning tikuvchilik sexini boshqa xususiy korxonaga tegishli transformatorga ulab, 417 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.B.” xususiy korxonasi rahbari korxonaning ohak ishlab chiqarish sexini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga ulab olib, 130,7 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.A. yashash xonadonida tashkil etgan somsaxonani gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab olib, 162,4 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan “Qibraytumangaz” GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.E., “Oʻnqoʻrgʻon” MFYda issiqxona tashkil qilib, aholi uchun moʻljallangan asosiy gaz quvuriga ulanib olib, 5,3 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Nurobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “X.” fermer xoʻjaligi rahbari E.X., tuman elektr tarmoqlari korxonasi ustasi N.B. yordamida fermer xoʻjaligi yer maydoniga hujjatsiz transformator oʻrnatib, 127,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 553,6 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.