Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat hududiy boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.G.” MCHJ rahbari I.B., tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib, “E.G.” MCHJning avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish kompressor stansiyasida quvvati 1 000 kVA boʻlgan transformator oʻrnatilgan boʻlsada, 630 kVA boʻlgan transformator oʻrnatilib, texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 839,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 566,6 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.