Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT J.D. tuman elektr taʼminoti korxonasi sobiq muhandisi O.T. bilan oʻzaro til biriktirib, “Navbahor” MFY hududidagi savdo doʻkoni va avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 544,8 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.