Kompaniyaning taʼkidlashicha, bu dunyodagi eng tez quvvatlaydigan uskuna sanaladi.

AVV 2010-yildan buyon elektromobillar uchun zarur jihozlar ishlab chiqaradi.

Terra 360 modulli quvvatlash uskunasi boʻlib, yonilgʻi quyish stansiyasiga oʻxshab ketadi. Mazkur uskuna orqali 3 daqiqa quvvatlantirilgan elektromobil 100 kilometr masofani bosib oʻtishi mumkin.

Terraning quvvati 360 kVt boʻlib, bu Tesla Superchargerga qaraganda 250 kVtga yuqori deganidir.

ABBning qayd etishicha, quvvatlash vositasi elektromobil batareyasini koʻpi bilan 15 daqiqada toʻliq quvvatlantiradi.

Terra 360 quvvatlash tarmogʻi Yevropada shu yilning soʻnggida, AQSH, Lotin Amerikasi hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa 2022-yilda ishga tushiriladi.