Tadqiqot jarayonida olimlar 2014-yildan 2018-yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha yoshi 17 yoshda bo'lgan ikki mingdan ortiq talabadan olingan ma'lumotlarni o'rganishdi. Ishtirokchilardan tamaki iste'moli va nafas olish belgilari haqida intervyu olindi. Eng ko'p qayd etilgan simtom bronxit kasalligi bilan bog'liq.
So'nggi 30 kunda elektron sigareta iste'molchilari orasida xirillash ehtimoli hech qachon chekmaydiganlarga qaraganda 81 foizga yuqori bo'lgan. Bronxit belgilari rivojlanish xavfi ikki baravar, nafas qisilishi esa 78 foizga yuqori bo'lgan, deb xabar beradi lenta.ru.