Unga koʻra:
Xorijiy kinokompaniya tomonidan har bir filmni ishlab chiqarish uchun sarflangan harajatlarning qaytariladigan qismi 300 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Harajatlar qismini qaytarishga masʼul organ “Oʻzbekkino” Milliy agentligi etib belgilandi.
Xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston hududida film suratga olishi uchun Agentlikdan ruhsatnoma oladi. Shundan soʻng Agentlik va chet el kinokompaniyasi bilan Memorandum imzolanadi.
Tijorat banklari xorijiy kompaniya soʻrovi hamda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan berilgan ruhsatnomaga asosan, besh kun ichida maxsus hisobraqam ochadi.
Xorij kinoustalari ushbu maxsus hisobraqamdagi mablagʻdan kerakli harajatlar uchun ishlatadi.
Suratga olish ishlari yakunlangach, Agentlik tijorat bankka bu haqda xabar beradi. Bank bu xabarni olgach, uch kun muddatda filmni suratga olish davrida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni xorij kinokompaniyasiga taqdim etadi.
Xorij kinokompaniya batafsil maʼlumotni Agentlikka taqdim etadi. Agentlik esa uch kun muddatda maxsus hisob raqamda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqidagi malumotlarni Moliya vazirligiga harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etadi.
Moliya vazirligi hujjatlarni oʻrganib chiqib, oʻn kun ichida quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
- Harajatlarning 20 foizini qaytarish;
- Harajatlarni qaytarmaslik.