Eng koʻp buyrak transplantatsiyasi Surxondaryoda oʻtkazildi

    2021-yili hududlarda 30 ta buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

    Yurtimizning olis hududlarida minimal invaziv va yuqori texnologik operatsiyalarni oʻtkazish koʻlami va sifati yildan yilga ortib bormoqda.

    Xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan joylarda buyrak transplantatsiyasini amalga oshirish uchun 3 ta brigada tashkil etildi.

    Ular tomonidan oʻtgan 2021-yili hududlarda 30 ta buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

    Shu yilning oʻtgan davrida esa viloyat va olis tumanlarda markaz mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan bunday yuqori texnologik operatsiyalar soni 54 tani tashkil etdi.

    Eng koʻp amaliyot:

    Surxondaryo viloyatida 13 ta;

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida 11 ta;

    Xorazm viloyatida 11 ta;

    Andijon viloyatida 5 ta;

    Navoiy viloyatida 4 ta bajarildi.