Yakkabog‘lik 34 yoshli bemor ayol Q.O. 2015-yildan beri surunkali glomerulonefrit bo‘yicha davolanib kelgan.
2016 yildan beri gemodializ muolajalari olishga majbur bo‘lgan ayolga opasining bir buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.
Nishonlik 33 yoshli bemor erkak P.A. esa yil boshidan beri gemodializ seansini olib kelar edi. Bemorga akasi donorlik qildi.
Ayni paytda ikkala bemor va donorlarning ahvoli yaxshi. Ko‘chirib o‘tkazilgan buyraklar me’yorda ishlayapti. Davo muolajalari standart asosida davom ettirilmoqda.
Operatsiyalarni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiali malakali jarrohlari bajarishdi.
Shunday qilib, Qashqadaryoda amalga oshirilgan transplantatsiya operatsiyalari soni 5 taga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.