"2023-yil 18-fevral sanasida metro temir yoʻllarida bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlarning soʻnggi bosqichini amalga oshirish maqsadida metropolitenning “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati bir kun davomida toʻxtatiladi.

Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz.

“Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida oʻz harakatini davom ettiradi", deya xabar bermoqda Toshkent metropoliteni DUK.