“Erkak” bokschiga yutqazgan Sitora Turdibekovaga 100 ming dollar beriladi

    Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarining boks bahslarida oʻzbekistonlik Sitora Turdibekova Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tekshiruvlariga koʻra “erkak” deb topilgan Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Linga imkoniyatni boy berdi.

    Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) testosteron miqdori koʻpligi bois jazoirlik Imane Xelif va Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Linni soʻnggi jahon chempionatida ishtirokiga ruxsat bermagan edi.

    Qayd etish kerakki, IBA prezidenti Umar Kremlev mazkur holatni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi uchun sharmandalik ekanligini bildirib, erkak bokschilarga qarshi ringga koʻtarilgan ayol bokschilar IBA tomonidan 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanishini maʼlum qildi.