Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

Vazirlik, jumladan:

yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi;

ushbu sohada davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yerlar degradatsiyasi va choʻllanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish, oʻrmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritadi;

yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga masʼul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun bu boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi.

Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligida Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departament va hududlarda Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etildi.