Bu haqda Eron Islom Respublikasi vitse-prezidenti va Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslami ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.
“Bu masala ularning evaziga barcha sanksiyalarni bekor qilish-bekor qilmasligiga bog'liq”, deya Eslamining jurnalistning savoliga javobini keltirib o'tdi Tasnim axborot agentligi.
Bundan tashqari, vitse-prezident Tehron va Vashington O'monda bo'lib o'tgan muzokaralar davomida Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini boshqa mamlakatlarga eksport qilish masalasini muhokama qilmaganini ta'kidladi.
6-fevral kuni O'mon poytaxtida Eron va AQSh o'rtasida Tehronning yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish bo'yicha muzokaralarning yangi bosqichi bo'lib o'tdi. Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, Amerika delegatsiyasiga esa prezidentning maxsus elchisi Stiven Uitkoff boshchilik qildi, deb xabar berdi belta.by.