Uzbekistan Airways AJ xabariga koʻra, 2021-yil 19-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiriluvchi “Toshkent 3” aeroporti nomaʼlum muddatga yopiladi.

“Barcha respublika boʻylab amalga oshiriluvchi aviaparvozlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq bajariladi”, - deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston poytaxtdagi aerportning mahalliy terminalini Kobuldan Toshkent orqali tranzit qiluvchi Germaniya, Yevropa ittifoqining boshqa mamlakatlari va Afgʻoniston fuqarolarining toʻxtovsiz evakuatsiyasini taʼminlash uchun ajratgan.