Butunjahon etnosport konfedratsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog'an raisligida o'tkazilgan nufuzli anjumanda dunyoning 45 ta davlatidan sport delegatlari, BMT vakillari, taniqli sportchilar qatnashdi.

O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi R.Dastirov milliy kurashimizni xalqaro miqyosda keng rivojlantirish bo'yicha nutq so'zladi.

Ta'kidlanishicha, anjuman doirasida 2022 yilning kuzida Turkiyada o'tadigan “Ko'chmanchi xalqlar milliy o'yinlari”da belbog'li kurash sport turini ham kiritish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Beshinchi bor o'tkazilgan anjumanda etnosport oilasiga mansub milliy sport turlarini xalqaro darajada rivojlantirish, musobaqalar tashkil etish, ommalashtirish yo'lidagi barcha imkoniyatlarni ishga solish, etnosport faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ko'plab davlatlarning milliy sport turlariga oid ko'rgazmali chiqishlar, videoroliklar namoyish etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi