Fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga qiziquvchi qizlar uchun Ikkinchi xalqaro UniSat dasturi ish boshladi

    UniSat missiyasi qizlarning STEM fanlari boʻyicha bilimlari, loyiha va jamoada ishlash, omma oldida nutq soʻzlash va vaqtni samarali boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.

    Tanlov ishtirokchilari – Oʻzbekistonning barcha hududlaridan kelgan 15-24 yoshdagi qizlar – oʻzlarining dasturlash, radioelektronika, maʼlumotlar tahlili, astronomiya, iqlim oʻzgarishi, 3D modellashtirish va muhandislik boʻyicha bilimlarini oshiradilar, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish koʻnikmalariga ega boʻladilar, professional muhandis va dasturchilar koʻmagida nanoyoʻldoshni loyihalashtirib, yigʻishadi va stratosferaga uchiradilar.

    Birinchi nanoyoʻldosh joriy yilning may oyida Navoiy viloyatida UniSat birinchi tanlovining 20 nafar finalchisi tomonidan uchirilgan: u taxminan ikki soat davomida stratosferada boʻlib, 11,6 km balandlikka koʻtarilgan va havo bosimi, ifloslanish va namlik boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni uzatgan, ularning tahlili loyiha natijalarini umumlashtiruvchi tadqiqot ishini yaratish imkonini berdi. Yangi nanosunʼiy yoʻldoshni Oʻzbekistondagi ekspluatatsion maydonlardan aeronavigatsiya xizmatlari mutaxassislari nazorati ostida uchirish 2023-yil 12-aprelda rejalashtirilgan.

    UniSat missiyasi qizlarning STEM fanlari boʻyicha bilimlari, loyiha va jamoada ishlash, omma oldida nutq soʻzlash va vaqtni samarali boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat. Loyiha tashkilotchilari va hamkorlari – YUNISEF, Tech4Impact NNT va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun jamoatchilik eʼtiborini texnologiya sohalarida gender tengligi masalasiga qaratish, ishtirokchilarga kelajak haqidagi orzulariga erishish uchun ilm-fan va ilgʻor texnologiyalarda kuchlarini sinab koʻrish imkoniyatini berish.