U 1950-yil 25-mayda Toshkent shahrida shifokorlar oilasida tugʻilgan. 1973-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.

Nazirov qorin boʻshligʻi jarrohligi va transplantologiya sohasida yuqori malakali mutaxassis boʻlib, oʻzining gepatologiya jarrohlari maktabini tashkil etgan.

U akademik Sergey Gote bilan birgalikda jahon amaliyotida yagona Siam egizaklarini ajratish boʻyicha noyob operatsiyani amalga oshirgan.

F. Nazirovning 1000 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan boʻlib, 16 ta ixtiro va 11 ta monografiyasi mavjud