Bunday ma'lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan taqdim etildi.
Tashkilot uzoq vaqtdan beri xalqaro hamjamiyat e'tiborini oziq-ovqat chiqindilari muammosiga qaratib kelmoqda.
Tashkilot iste'molchilar uchun oziq-ovqat chiqindilarini sezilarli darajada kamaytiradigan bir qator oddiy va amaliy maslahatlarni ishlab chiqdi.
Oziq-ovqat chiqindilari miqdori va uning sabablarini baholash uchun FAO iste'molchilarga bir hafta davomida “oziq-ovqat chiqindilari kundaligi”ni yuritishni tavsiya qiladi, deb xabar beradi news.un.org.
Mutaxassislar, shuningdek, uyda qanday mahsulotlar va qancha miqdorda borligini tekshirishni, do'konga borishdan oldin ro'yxat tuzishni va ortiqcha xarid qilmaslikni maslahat beradi.
Agar har bir inson ozgina harakat qilsa, birgalikda oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishimiz mumkin, deb ta'kidlaydi FAO.