Ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati vakillari va 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasasi rektorlari ishtirokida oʻtgan mazkur forum Fargʻona davlat universitetining xalqaro faoliyati uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Quvonarlisi, Fargʻona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori - Bahodirjon Shermuhammadov va Vengriyaning Eötvös Loránd Tudománegetem (ELTE) Universiteti professori Imre Xamar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Endilikda yangi hamkorlar ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma diplomlar berish imkoniyatiga ega boʻlgan qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish, venger mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida qisqa muddatli maʼruzalarga taklif qilish, Vengriya OTM bazasida oʻqituvchilarning malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy nashrlar, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Vengriya universitetlari bilan kimyoviy texnologiyalar, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyalari, biotexnologiya, sugʻorish va suv resurslari, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika sohalarida hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish masalalari ustida muhokamalar olib bormoqdalar.