Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A IIBga murojaat qiladi. 

Murojaatida aytishicha, Oʻrtashoʻra mahalla hududiga reklama uchun qoʻyilgan 5.000.000 soʻmlik temir darvozasini 5-yanvar kuni nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.I sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.