Bu boʻyicha Prezidentning “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori (PQ–5-son, 12.01.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, turistik zona faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30-yilga tashkil qilinadi.

Fargʻona tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obyektga aylantirish uchun zarur infratuzilma yaratiladi va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda malina bogʻlari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil qilinadi.

2026–2027-yillarda Yozyovon tumani Markaziy Fargʻona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini tashkil qilish orqali ish oʻrinlari yaratiladi.

Fargʻona tumani “Sanoat” va “Hosilot” MFY hududlarida xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini tashkil qilish, muzlatkichlar va chuqur qayta ishlash sexlarini qurish orqali agroturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.