Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov boshchiligidagi ishchi guruh va KOICAning Oʻzbekistondagi ofisi direktori Sunjin Pak, direktor oʻrinbosari Mingyong Son ishtirok etdi.

Tadbirda Fargʻona va Urganch shaharlarida kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, Fargʻona shahridagi markazni shu yil iyun oyida foydalanishga topshirilishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan Urganch shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan markazda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ham taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, Urganch shahridagi markaz loyihasini boshlash maqsadida joriy yil mart oyida koreyalik ekspertlarning Oʻzbekistonga kelishini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentiligi matbuot xizmati.