Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

    Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 716 mln 429 ming soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

    Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qo‘shtepa tumanida fuqaro X.T. ga qarashli meva va sabzavotlarni saqlash uchun tashkil etilgan muzlatgichda elektr hisoblagichning ulanish sxemalari xato ulanganligi maʼlum bo‘ldi.

    Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 716 mln 429 ming so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

    Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.