Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 2 649 dona alkogol hamda 13 turdagi 329 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, umumiy bahosi 97 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.