Unda malayziyalik investorlar tomonidan Fargʻona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan muhokama olib borildi.

Muloqot chogʻida Malayziya tajribasi va texnologiyalari asosida 22 qavatli 300 oʻringa moʻljallangan mehmonxona qurilishi loyihasi ishlab chiqilgani, tez orada ushbu loyiha taqdimoti oʻtkazilishi va Fargʻona shahrida qurilish ishlari boshlanishi, ushbu loyihalarni viloyatda amalga oshirish jarayonida xorijiy mutaxassislar jalb etilishi maʼlum qilindi.

Hokim oʻrinbosari taklif qilinayotgan loyihalar viloyat uchun juda muhimligi, loyihalarni amalga oshirishda viloyat hokimligi tomonidan vakolat doirasida yordam berilishini aytib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan viloyat hokimligi hamda Malayziyaning “Clipper Associates” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.